Manzil

  • Toshkent, 100128, Labzak ko'chasi, 1a

Ijtimoiy media

Bahrom Xodjayevning Zak World of Façades Uzbekistan 2026 konferensiyasidagi chiqishi

28.09.2026

Bahrom Xodjayevning Zak World of Façades Uzbekistan 2026 konferensiyasidagi chiqishi

Toshkentdagi InterContinental mehmonxonasida meʼmorlar, developerlar va qurilish sohasi muhandislarini birlashtirgan Zak World of Façades Uzbekistan xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Tadbir bozorning dolzarb chaqiruvlariga, fasad loyihalashning zamonaviy tendensiyalariga, shuningdek, shahar muhiti meʼmorchiligiga innovatsion yechimlar va barqaror materiallarni joriy etishga bagʻishlandi.

Photo: Archiquad Team

Maʼruzachilar orasida Archiquad meʼmoriy-konsalting kompaniyasining CEO & Founder’i Bahrom Xodjayev «Kelajak fasadlari» mavzusidagi dasturiy maʼruza bilan chiqish qildi. Maʼruzachining eʼtibor markazida bozorning zamonaviy chaqiruvlari, poytaxt modernistik merosini qayta anglash va Archiquad’ning amaliy keyslari boʻldi. Muhandislik va estetikaning yuqori darajada uygʻunlashganini namoyish etuvchi Archiquad’ning ilgʻor loyihalari, jumladan, Porsche uchun yechimlar, Chimgondagi osma yoʻl stansiyalari, birinchi milliy raqamli bank — Anorbank, Regnum turar-joy majmuasi, shuningdek, BC Terminal, BC Simurg va BC Arena biznes markazlari taqdim etildi.

Photo: Archiquad Team

Boshlovchining kompaniyaning strategik rivojlanishi va yirik miqyosdagi vazifalarni amalga oshirishga tayyorgarligi haqidagi savollariga javob berar ekan, Bahrom Xodjayev xalqaro miqyosdagi kengayish rejalari bilan oʻrtoqlashdi:

"Ha, albatta. Biz hozirning oʻzida Oʻzbekiston bozoriga kirib kelayotgan koʻplab xalqaro brendlar, buyurtmachilar bilan ishlayapmiz. Xalqaro miqyosdagi loyihalarni amalga oshirish, xalqaro talab va standartlarga javob berish uchun yetarli malaka toʻplaganimizni allaqachon tushunamiz va his qilamiz. Shu munosabat bilan biz yaqin kelajakda oʻz xizmatlarimizni chet elga eksport qilishni rejalashtirmoqdamiz. Bugungi kunda ham shunday loyihamiz mavjud. Ayni paytda Boku shahrida loyiha ustida ish olib borilmoqda."

Ulashish